The Instant View Editor uses a three-column layout, so you really want to use it on a desktop screen that's wide enough. Sorry for the inconvenience.

Back to the main page »

Original

Preview

Link Preview

Issue #1549

Zokirov Fattohxon
Usmon Nosir (1912-1944)
Oʻzbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz,
Usmon Nosirdir. Usmon Nosir - oʻzbek Lermontovi, oʻzbek adabiyotining
chaqmoq shoiri. Mustaqillik orzusida boʻlgan shoir atigi 32 yil umr koʻrgan
boʻlsada, oʻzbek sheʼriyatiga ulkan meros qoldirishga ulgurdi.
Shoirning hayot yoʻli. Usmon Nosir 1912-yilning
13-noyabrida Namanganning Chuqurkoʻcha dahasida dunyoga keladi. Shoir
toʻrt yoshligida otasi vafot etadi. Onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga
turmushga chiqadi va oila Qoʻqonga koʻchib oʻtadi. Shunda Nosirhoji yosh
Usmonni bolalar uyiga topshiradi. Usmon Nosir maxsus internatda taʼlim
oladi.
1929-1930-yillarda atigi bir yil Usmon Nosir Moskva Kinematografiya institutining ssenariy
fakultetida oʻqiydi, biroq oʻqishini tugallamaydi. 1930-1933-yillarda Qoʻqondagi qisqa muddatli
taʼlim va tarbiya kurslarida oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh boʻlib
ishlaydi.
1930-1933-yillarda Usmon Nosir Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika
akademiyasining til va adabiyot fakultetida bir muddat tahsil oladi. 1934-yil Toshkentga koʻchib keladi
va “Yosh Leninchi” gazetasida ishlaydi.
Boʻlajak shoirning ilk sheʼri “Haqiqat qalami” boʻlib, 1927-yilda “Yangi yoʻl” gazetasida bosib
chiqiladi. 1931-yilda fuqarolar urushi mavzuiga bagʻishlangan “Norboʻta” nomli dostonini yaratadi.
Doston “Yangi Fargʻona” gazetasida eʼlon qilinadi. Shoirning ilk sheʼriy toʻplamlari “Quyosh bilan
suhbat” va “Safarbar satrlar” 1932-yilda nashr etiladi. Shundan soʻng “Naxshon”, “Nil va Rim”
dostonlarini, 1934-yilda “Traktorobod”, 1935-yil “Yurak” va 1936-yilda “Mehrim” nomli sheʼriy
kitoblari nashr etiladi.
Qatagʻon yillari. 1940-yilning 20-avgust kuni Usmon Nosir Magadandan I.V.Stalin nomiga
xat yozadi. Maktubda shoir “ish”ini qayta koʻrib chiqishlarini soʻraydi. Shuningdek, qamoqxonada
turib ham “sheʼriy roman, uchta sahna asari va bir qator sheʼrlar yozgani” haqida xabar beradi.
Maktubda: “Men hali yoshman va gʻayratga toʻlaman. Men xalq uchun ijod qilishim kerak! Menda
ayb yoʻq!” degan soʻzlar ham boʻladi.
Ajablanarlisi, minglab shunday maktublar orasidan Usmon Nosirning xati eʼtiborga tushadi va
Oʻzbekiston hukumati Kremldan shoir ishini qayta koʻrib chiqish haqida buyruq oladi.
1944-yilning soʻnggida professor Borovkov, shoir Maqsud Shayxzoda, va “Qizil Oʻzbekiston”
gazetasi bosh muharriridan tarkib topgan komissiya Usmon Nosirni aybsiz deb topadi. Biroq, bunday
xulosaga endi juda kech edi. Shoir 1944-yilning 9-mart kuni vafot etadi. Uni mahalliy aholilardan
boʻlgan Anatoliy Mitrofanovich Sirota ismli inson dafn etadi.
“Yurak” sheʼri
Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas boʻlsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom oʻlsam!..
deya xitob qiladi.
Type of issue
Submitted via the Previews bot
Reported
May 31, 2024