The Instant View Editor uses a three-column layout, so you really want to use it on a desktop screen that's wide enough. Sorry for the inconvenience.

Back to the main page »

Original

Preview

Link Preview

Issue #567

ΛK
GʻUSL QILISH TARTIBI

Gʻusl qilishning sunnat boʻlgan tartibi: Gʻusl qiluvchi ikkala qoʻlini va jinsiy aʼzolarini yuvishdan boshlagay. (Zotan, jinsiy aʼzolariga, shuningdek, qoʻliga najosat tegmagan boʻlsa ham yuvish sunnatdir).
Agar badaniga najosat tekkan boʻlsa, najosatni ketkazadi.
Soʻngra, namozga tahorat olgandek, tahorat oladi. (Yaʼni, boshiga ham masʼh tortadi). Faqat oyogʻini yuvmaydi.
Soʻngra, boshiga suv quyadi. (Suv quyish holati matnda zikr etilmagan. Imom Shams ulaimma Halvoiy aytadilarki, avval uch marta oʻng yelkasiga quyadi, keyin uch marta chap yelkasiga, soʻng boshqa aʼzolariga quyadi. Baʼzilar, oʻng yelkadan quyishni boshlab, soʻng boshiga, keyin esa chap yelkasiga quyadi, deydilar).
Soʻngra, badanining (boshidan) boshqa joylarini uch marta yuvadi.
Soʻngra, ushbu makondan chiqib, (nariroq ketib), oyogʻini yuvadi. Onamiz Maymuna raziyalohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning gʻusl qilishlarini mana shundoq hikoya qilganlar. (Bu hikoya oltita hadis toʻplamida uzun hadis boʻlib kelgan).
(Maymuna raziyallohu anho aytadilar: Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga gʻusl qilishlari uchun suv qoʻydim. Bas, ikkala qoʻliga suv quyib, ikki yoki uch bora yuvdilar. Soʻngra, oʻng qoʻllari bilan chap qoʻllariga suv quyib, olatlarini yuvdilar. Soʻng, chap qoʻllarini yerga ishqadilar. Soʻng, ogʻizlarini va burunlarini chaydilar. Soʻng, yuzlarini va qoʻllarini yuvdilar. Soʻng, boshlarini yuvdilar. Soʻng, badanlaiga suv quydilar. Soʻng, oʻrinlaridan chiqib, ikkala qadamlarini yuvdilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon janobatdan gʻusl qilsalar, boshlab qoʻllarini yuvar edilar. Soʻngra, namozga tahorat qilganlaridek, tahorat qilar edilar. Soʻng, suvga barmoqlarini tiqib, ular (namlangan barmoqlari) bilan sochlarining tublarini ishqalar edilar. Soʻng, boshlariga uch hovuch suv quyar edilar. Soʻng, butun badanlariga suv quyar edilar. Muttafaqun alayh boʻlgan hadis).
Ikkala oyogʻini yuvishni kechiktirganligiga sabab ishlatilgan suv oyoq ostida yigʻilib, jamʼlanib qolishidir. Bunda oyoqni yuvish foyda bermaydi. Hatto, agar taxtaning ustida tursa, (yaʼni, suv oqib ketadigan joyda tursa), oyoqni yuvishni kechiktirmaydi.
Gʻusl tartibi najosatni ketkazishdan boshlandi, toki, suv yetishi bilan ziyoda boʻlib (yoyilib) ketmasin.

Burhoniddin Margʻiloniy. “al-Hidoya” va uning hoshiyasi.
Kitob ut-tahorat, 1-jildi.
-Laknau: “Yusufiy” matbaasi, 1314. 14-bet.

Sochi oʻrilgan ayol uchun sochining asliga, tagiga suv yetkazish kifoya qiladi. Bunda ishora borki, ayolga oʻrimlarini namlash va siqish vojib boʻlmaydi.
Sochining tagiga namlab suv yetkazishdan murod masʼhga ishlatilgan suvning namini yetkazish kifoya qilmaydi, yaʼni, qoʻlni (barmoqlarni) yangidan namlab suvni (yaʼni, namni) sochning tagiga yetkaziladi.
Sochi oʻrilgan ayol deganidan sochi oʻrilgan erkak istisno qilingan. Zotan, sahih qavlga koʻra, u oʻrilgan sochini yechib yuvishi vojibdir.
Ayol oʻrilgan sochini yechishi, yoyib yuvishi vojib emas. Ammo, oʻzi yechilib, yoyilib ketsa, yozilgan sochini suv quyib yuvishi vojib boʻladi.
Bu haqdagi mashhur hadisni Imom Muslim Ummu Salama onamiz (r.a.)dan rivoyat qilgan: Ummu Salama onamiz Rasululloh (s.a.v.)ga degan ekanlar: “Ey Allohning elchisi, men sochimni oʻrib, kokillarini mahkam bogʻlab yuradigan ayolman. Janobatda (bir rivoyatda, hayz uchun) gʻusl qilish uchun ularni yechishim, yaʼni sochimni yoyib hammasini yuvishim shartmi?”. Shunda unga Rasuli Akram (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: “Yoʻq! Senga boshingga uch hovuch suv olgaysan, soʻng oʻzingga (badaningga) suv quygaysan. Shunda pok boʻlasan”.

Mavlono Aliy ul-qoriy. “Sharhi Niqoya”, 1-jildi.
-Qozon, 1904. 27-bet.
Tayyorlovchi: Hamidulloh Beruniy.
Type of issue
Submitted via the Previews bot
Reported
May 20, 2023